AsosiyHayot

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi

Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanishida 10-aprel soat 9:00 dan 12-aprel soat 9:00 gacha ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish jarayonida ayrim manzillar suvsiz qoladi, deb xabar berdi “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ matbuot xizmati.

Suv tarmog‘idan vaqtincha uziladigan hududlar ro‘yxati:

Sergeli tumani

“Jun”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut baraka”, “Sug‘diyona”, “Qumariq”, “Oltin vodiy”, “Uchuvchilar”, “Bunyodobod” mahallalarida.

Yangihayot tumani

“Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli”, “Toshkent” mahallalarida.

Yakkasaroy tumani

“Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida. Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalarida.

Mirobod tumani

“Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

TuraNews

Back to top button