Hayot

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qoʻshimcha “Afrosiyob” yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Joriy yilning 28-aprel kunidan 1-may kuniga qadar “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida (4 ta) “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida (2ta) “Afrosiyob” elektropoyezdining reys harakati yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu yoʻlovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi:

Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi:
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

780-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi:
Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

779-sonli “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi:

Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qoʻyilgan qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab oʻtgan holda erkin savdoga chiqarildi.

Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda xarid qilish mumkin.

TuraNews

Back to top button