Hayot

Toshkentda turk xalqi uchun gumanitar yordam yigʻish boshlandi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan qardosh turk xalqiga Oʻzbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, DEIK, MUSIAD nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.

Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar koʻrilgani tufayli Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan qardosh turk xalqiga Oʻzbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, DEIK, MUSIAD nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.

Zarur boʻlgan mahsulotlar roʻyxati.

Gumanitar yordam berish istagida boʻlganlar, qoʻidagi manzilga tashrif buyurishlari soʻraladi: Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 30-uy. Joylashuv quyidagi havolada.

Vaqt: 8-fevraldan boshlab har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar. Batafsil maʼlumot uchun: (78) 150-60-06, 1094.

TuraNews

Back to top button