Hayot

Toshkentda 31 dekabr kuni avtobuslar soat 24:00 gacha ishlaydi

Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga binoan amalga oshirilmoqda.

Unga koʻra:

  • 2023-yil 2-yanvar, dushanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
  • 2023-yil 3-yanvar, seshanba – 7-yanvar shanba kunidan koʻchirilgan qoʻshimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023-yil 7-yanvar, shanba – 3-yanvar seshanba kuniga koʻchirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

2022-yil 31-dekabr kuni Yangi yil bayram tantanalari nishonlanishi munosabati bilan, aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yoʻnalishlarining harakati soat 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button