
5-mart kuni soat 11:52 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng. Chuqurlik — 15 km. Epitsentr esa Toshkentdan 96 km janubi-sharqda. Yer qimirlashi tumanda 2 ball ko‘rinishida sezildi.