Dunyo
Tojikistondagi zilziladan asosan xo’jalik inshootlari zarar ko’rgani aytilmoqda
Tojikistonda mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida kecha tunda mamlakatda yuz bergan zilziladan ko’rilgan zarar miqdorini aniqlash bo’yicha respublika komissiyasi tuzildigan. Bu haqida Tojikistondagi “Xovar” davlat axborot agentligi ma’lumotiga tayanib mahalliy manbalarimiz xabar bermoqda.
Tojikistonda tunda sodir bo’lgan zilzila epimarkaziga yaqin joylashgan bir qancha qishloqlarda mahalliy aholining uylari va avtoyo’llar qisman zarar ko’rdi. Biroq, asosan poydevorsiz xo’jalik inshootlari shikastlangan. Insonlar o’rtasida qurbonlar qayd etilmagan.
Ma’lumot uchun, 23-martga o’tar kechasi va erta tong Tojikiston shimolida 7 ga yaqin zilzila va aftershoklar kuzatilgan edi.