Dunyo
Tojikistonda sel va ko’chki katta talafot yetkazdi
Tojikistonda sel va ko’chki oqibatida 13 kishi halok bo’ldi. Fojiaga tog’li hududlarda yoqqan kuchli yomg’ir sabab bo’lgan.
Tojikistonda sel va ko’chki oqibatida 13 kishi halok bo’ldi. Fojiaga tog’li hududlarda yoqqan kuchli yomg’ir sabab bo’lgan.
Mahalliy aholining uylari, ko’priklar va yo’llar ham zarar ko’rgan.
Qutqaruvchilar tabiiy ofatdan zarar ko’rgan hududlarda ishlamoqda.
Favqulodda vaziyatlar qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, respublika sharqidagi Vahdat shahri aholisi eng ko’p jabr ko’rdi. U yerda 11 kishi halok bo’ldi. Rudakiy hududida yana ikki fuqaro suvga cho’kib ketdi.
Mamlakat shimolidagi Dushanbe-Xo’jand yo’lini sel bosdi. Ammo u yerda qutqaruvchilar o’z vaqtida haydovchilarga yordam berishga muvaffaq bo’lishdi.
Lyaxsh tumani va So’g’d viloyatida ham sel oqimi qayd etilgan. Qurbonlar yo’q.
Vaziyat Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan nazoratga olingan. Davlat rahbari halok bo’lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, mas’ullarga jabrlanganlarga yordam ko’rsatish bo’yicha topshiriq berdi.
Favqulodda vaziyatlar qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, Tojikistonning tog’li hududlarida sel kelishi va ko’chki yuz berishi xavfi yuqori. Aholidan xavfli hududlar bo’ylab sayohat qilmaslik so’raldi, deb xabar beradi mir24.tv.