Dunyo
Tojikistonda qariyb 5 magnitudali zilzila yuz berdi

Tojikistonda 5,0 magnitudali zilzila sodir bo’ldi. Qurbonlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumotlar yo’q. Bu haqda Yevropa-o’rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 37,61 gradus shimoliy kenglik; 73,25 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,9. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 534 km janubi-sharqda.