Asosiy

Termiz tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishiga start berildi

Jami 74 ta koʻp qavatli turar-joylar, 2 ta maktab, 2 ta bogʻcha, 200 qatnovga moʻljallangan oilaviy poliklinika hamda mahalla markazi qurilishi belgilangan.

Termiz tumani “Yangiobod” mahallasida 55,5 gektar, shundan 28,5 gektar “Yangi Oʻzbekiston” massivi, 27,0 gektar “Yangi Oʻzbekiston” bogʻini oʻz ichiga olgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun ushbu loyihaga start berildi. “Yangi Oʻzbekiston” massivida jami 74 ta koʻp qavatli, 6 280 ta xonadonli turar-joylar, shuningdek, 2 640 oʻrinli 2 ta maktab, 420 oʻrinli 2 ta bogʻcha, 200 qatnovga moʻljallangan oilaviy poliklinika hamda mahalla markazi ham qurilishi belgilangan.

Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivining birinchi bosqichida 18 ta koʻp qavatli, 1 980 ta xonadonli turar-joylar quriladi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button