AsosiyIqtisodiyotSiyosat

Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Kobulda muzokaralar oʻtkazdi

Muzokaralar chogʻida oʻzaro hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Kobul shahriga tashrifi davomida kecha Afgʻoniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.

Kobulga tashrif chogʻida Afgʻoniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – Bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund Janobi Oliylari, Bosh vazir oʻrinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy Janobi Oliylari, Bosh vazir oʻrinbosari v.b. Mulla Abdul Gʻani Barodar Janobi Oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Janobi Oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy Janobi Oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy Janobi Oliylari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Muzokaralar chogʻida oʻzaro hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

“Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy anʼanalarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin boʻlgan koʻplab imkoniyatlar mavjud”, – deb taʼkidladi TIV rahbari B.Saidov.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button