AsosiyIqtisodiyot

«Sogdiana trans» Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘liga yana 2 yil xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldi

12 fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» SHK o‘rtasida Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati. Yangi kelishuvga ko‘ra, «Sogdiana Trans» 2 yil davomida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bundan tashqari, tomonlar birgalikda «Mozori Sharif» bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldilar. Hamda Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratdilar.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 10−11 fevral kunlari Afg‘onistonga 714 ta yuk vagoni yetkazilgan. «Bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib berish davom etmoqda», — deyiladi xabarda.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button