Dunyo

Saturnning 28 ta yangi yo’ldoshi topildi

Saturn Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida tabiiy yo’ldoshlar soni bo’yicha rekordchi sifatida tan olingan.

Yangi kuzatuvlar davomida olimlar ilgari noma’lum bo’lgan 28 ta tabiiy yo’ldoshni aniqlashdi, shundan so’ng ularning umumiy soni 118 taga yetdi.

Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlari CFHT teleskopi yordamida tadqiqot olib borishdi. Ular dastavval nazariy jihatdan Saturnning tartibsiz yo’ldoshlarining noma’lum katta guruhi mavjudligini taxmin qilishdi. Keyin esa sayyora yaqinida bir necha o’nlab yo’ldoshlar aniqlandi.

Olimlarning ta’kidlashicha, diametri bir kilometrgacha bo’lgan bir necha ming kichik tabiiy yo’ldoshlar ham Saturn atrofida aylanishi mumkin. Xalqaro astronomiya ittifoqining Kichik sayyoralar markazi vakillarining ta’kidlashicha, ularni aniqlash juda qiyin, deb xabar beradi mir24.tv.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button