
Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 25 kishi jarohat oldi, 19 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda shimoliy poytaxt gubernatori Aleksandr Beglov o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Vasilevskiy orolidagi kafeda yuz bergan voqea yuzasidan hozirda shaharning barcha favqulodda va maxsus xizmatlari jalb qilingan. Huquq-tartibot idoralari bilan kelishilgan holda ishlamoqdamiz. Ular voqea sabablarini aniqlamoqda», – deyiladi xabarda.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shaharda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur resurslar mavjud.