DunyoMadaniyat

Rustam Saʼdullayev Qirgʻizistondagi “Shuhrat” xiyobonida oʻz dastxatini qoldirdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent shahridagi filiali professori Rustam Saʼdullayev Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahridagi “Shuhrat” xiyobonida oʻz qoʻl izi va dastxatini qoldirdi.

Taʼkidlanishicha, Rustam Saʼdullayev bunday sharafga sazovor boʻlgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi.

Shuningdek, marosimda Qirgʻiziston Kinematografchilar uyushmasi raisi va Madaniyat vaziri ishtirok etgan.

TuraNews

Back to top button