AsosiyDunyoHayotMadaniyat

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosirga haykal qo‘yildi

Joriy yil 4 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida o’zbek xalqining otashin shoiri Usmon Nosir haykali ochildi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning «Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to’g’risida»ga qarorida Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi va «Shahidlar xotirasi» jamg’armasiga Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida Usmon Nosir xotirasiga bag’ishlangan yodgorlik o’rnatish va uning tantanali ochilish marosimini o’tkazish vazifasi belgilangan edi.

Joriy yil 4 sentyabr` kuni Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida o’zbek xalqining otashin shoiri Usmon Nosir haykali ochildi.

Marosimda O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxbor elchisi Botirjon Asadov, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Novosibirskdagi shahri vakili Nikolay Afanas`ev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O’zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o’rinbosari Farhod Toshmuxamedov va boshqa ijodkorlar so’zga chiqdi.

Haykal muallifi- Konstantin Zenich.

O’zbekiston Badiiy akademiyasi

TuraNews

Back to top button