Dunyo

Qozogʻistonning Olmaota viloyatida sodir boʻlgan tuproq koʻchkisi bir necha uyga zarar yetkazdi

Qozogʻistonning Olmaota viloyatida tuproq koʻchkisi yuz berdi. Besagash qishlogʻida ikkita uy vayron boʻlgan.

Nishabdan tuproq shu qadar kuch bilan oʻpirilib tushdiki, beton tayanch devori uni toʻxtata olmadi.

Loy oqimi xususiy inshootlar tomon harakatlandi. Uylardan birida u derazaga shikast yetkazgan va natijada tuproq bino ichiga kirib qolgan.

Koʻchki oqibatida boshqa uyning devorlarida yoriqlar paydo boʻla boshladi. Aholi jabrlanmagan, ular hozirda qoʻshnilari va qarindoshlari uylarida qoʻnim topishgan.

Mutaxassislarning fikricha, tushgan tuproq hajmi 360 kub metrni tashkil etganKuchli yogʻingarchilik tufayli tuproqning namlanishi favqulodda vaziyatning dastlabki sababi sifatida aytildi, deyiladi mir24.tv saytida.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button