Masalan, Qozog’iston shimoli va sharqida iyulda o’rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 4-5 daraja yuqorilab ketgan.
Iyul yilning eng issiq oyi ekanligi inobatga olinsa, bu kabi harorat to’lqini qishloq xo’jalik ekin mahsulotlarini haddan tashqari ko’p va tez-tez sug’orishni talab etadi. Shunday bo’ldi ham. Qozog’iston sharqi va Jambil viloyati asosan qo’shni Qirg’iziston suv resurslariga “qarab” qolgan. Kirov suv omboridagi kvota suvni qozoqlar muddatdan oldin ishlatib qo’yishdi. Natijada, avgust boshlariga kelib, Kirov suv omborida suv qolmadi hisob.
Avgust-sentabrning azaldan quruq va issiqroq o’tishi, ekinlar ayni hosilga kirish davri (suvni ko’proq talab qiladigan davr) ekani inobatga olinib, hukumat Jambilning barcha tumanlarida favqulodda holat e’lon qildi. Fermerlarga tabiiy ofat hisobiga imtiyozlar ajratilmoqda, deb xabar beradi Uzb_Meteo.