Hayot
Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Aktobe viloyatida «KamAZ» va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

4 mart kuni Qozog‘istonning Aktobe viloyatidagi Shimoliy aylanma yo‘lda KamAZ va Cobalt avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston ichki ishlar organlari media markazi.
«Cobalt haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir», — deyiladi xabarda.
Avtomobilning davlat raqami 60 sonidan boshlanadi, bu — Andijon viloyati hududiy kodi.
Hozirda tergovga qadar tergov harakatlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda.