Dunyo

Qozog’iston poytaxtini quyuq tutun qopladi

Qozog’iston poytaxtini quyuq tutun qopladi. Atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar darajasi me’yordan deyarli ikki baravar oshdi.

Ertalab mahalliy aholi vakillari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qo’ng’iroq qila boshladi. Ular tutun qo’shni viloyatlar – Oqmo’la va Pavlodardagi yong’inlar tufayli yuzaga kelganini tushuntirishdi. Ya’ni bir kun oldin dasht yonib kegan. Asosan quruq o’t va qamish. Yong’inlar o’chirildi. Ammo Ostonaning ayrim hududlarida quyuq tutun hamon sezilib turibdi. Havodagi zararli moddalar miqdori me’yordan oshib ketdi.

“Ruxsat etilgan yuqori konsentratsiyadan oshib ketishning 127 ta holati qayd etildi. Bular PM2,5 zarralari, vodorod sulfidi va ozon. Vodorod sulfidi bo’yicha 38 ta, ozon bo’yicha 27 ta holatda me’yor buzilgani qayd etildi”, — dedi “Kazgidromet” respublika korxonasi matbuot kotibi Alina Ismagulova.

Qozog’istonda may oyida havo harorati ko’tarilib bormoqda. Ba’zi hududlarda 28 darajagacha issiq bo’lib, bir tomchi ham yomg’ir yog’mayapti. Bunday ob-havoda yong’in xavfi yuqori bo’ladi. Mavsum boshidan buyon qutqaruvchilar 90 gektarga yaqin, jumladan, Olmaota atrofidagi yong’in o’choqlarini bartaraf etishdi, deb xabar beradi mir24.tv.

TuraNews

Back to top button