Madaniyat
Qoraqalpoq gilamlari naqshlarida nimalar tasvirlangan?
Qadimgi gilamchi hunarmandlar 60 dan ortiq naqshlarni ishlatishgan va bu naqshlar antiqa nomlarga ega boʻlgan.

Qadim zamonlardan qoraqalpoq oʻtovlarini jigarrang, pushti, och yashil va sariq ranglar uygʻunlashgan kigiz, gilamchalar bilan bezatish urf boʻlgan.
Gilamlar naqshlari nihoyatda xilma-xilligi bilan eʼtiborni tortgan.
Qadimgi gilamchi hunarmandlar 60 dan ortiq naqshlarni ishlatishgan va bu naqshlar antiqa nomlarga ega boʻlgan. Masalan, qoʻs moʻyiz (juft shox); segiz moʻyiz (sakkiz shox); toqalaq moʻyiz (chopilgan shox); joʻmalak moʻyiz (oʻralgan, dumaloq shox).
Naqshlarda boshqa bezaklar ham tez-tez uchraydi, ularning nomlari hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari bilan bogʻliq.