DunyoHayot

Qirg‘izistonda jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdori oshirildi

Qirg‘iziston hukumati jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdorini uch baravar — 33,5 dollargacha oshirdi. Bolalarga tamaki mahsulotlari sotganlik uchun jarima miqdori ham oshirildi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jamoat joylarida chekkanlik uchun jarima miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Kaktus.media.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, taqiqlangan joylarda tamaki mahsulotlari chekkanlik uchun jarima miqdori endilikda 3000 somni (33,5 dollar) tashkil etadi. Ilgari 1000 som (11 dollar) edi.

Chekish joylari yoki bunday joylarni jihozlash to‘g‘risidagi ko‘rgazmali ma’lumotlarni joylashtirish talablarini buzganlar 5000 som (jismoniy shaxslar uchun, taxminan 56 dollar) va 50 ming som (yuridik shaxslar uchun, 559 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

Bolalarga tamaki mahsulotlarini sotganlik uchun jarima jismoniy shaxslar uchun 10 ming som (taxminan 112 dollar) va yuridik shaxslar uchun 35 ming somgacha (391 dollar) oshirildi.

Bundan tashqari, qonun bilan jamoat joylarida tamaki, kalyan va elektron sigaretalar chekish taqiqlanadi, maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno;

  • ish joylarida va binolar ichida, shuningdek, binolar hududida;
  • aeroportlarda, temiryo‘l va avtovokzallarda.

Bu holda sanitariya va yong‘inga qarshi uskunalar bilan jihozlangan maxsus chekish xonalarini ajratishga ruxsat beriladi.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button