AsosiySiyosat

Pragda Ozarbayjon – Armaniston tinchligi uchun yigʻilish oʻtkazildi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishel Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida tinchlik oʻtnatish boʻyicha toʻrt tomonlama yigʻilish oʻtkazdi.

Liderlar, Yevropa Siyosiy hamjamiyatining yigʻilishi doirasida Chexiya Respublikasining poytaxti Pragada uchrashdi.

Taxminan bir soat davom etgan uchrashuvdan soʻng bayonot bergan Ilhom Aliyev, asta-sekin tinchlik tomon qadam tashlanayotganidan umidvor ekanliklarini ifod aetgan holda, Yevropa ittifoqi kengashi raisi Mishelning, bu sohadagi faoliyatlarini yuqori baholaganliklarini qayd etdi.

Aliyev mavzu haqida shuningdek:

“Toʻrt tomonlama uchrashuvda muhim masalalar muhokama qilindi va bu uchrashuv tinchlik kelishuviga erishish nuqtai nazaridan alohida oʻringa ega degan fikrdaman. Uchrashuvlar davom etadi. Bundan buyon, tinchlik jarayoni jadal tus oladi”.-dedi.

Yigʻilish haqida e’lon qilingan mushtarak bayonotda, Yevropa ittifoqining Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi chegarani aniqlash ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mintaqaga vaqtinchalik harbiy boʻlmagan guruh yuborilishi bildirildi.

Bayonotda, Ozarbayjon va Armanistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomi va 1991-yilgi Olma-ota deklaratsiyasining, chegarani aniqlash komissiyalari faoliyatida asos boʻlishi tasdiqlangani qayd etildi.

Chegarani aniqlash komissiyalari yigʻilishining, oktabr oyi yakunida Belgiya poytaxti Bryusselda oʻtkazilishi ma’lum qilindi.

Source
TRT

TuraNews

Back to top button