Bu boʻyicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga koʻra,
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:
- 22-aprelm —shanba;
- 23-aprelm — yakshanba;
- 24-aprelm — dushanba (koʻchirilgan dam olish).
Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.
Agar 22-aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Oʻzbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprelm — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.