Siyosat
Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

23-30-yanvar kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
23-30-yanvar kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizigʻidan oʻtkazish masalalari, shuningdek, demarkatsiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida Oʻzbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala oʻrganish ham oʻtkazildi.
Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv Oʻzbekiston hududida boʻlib oʻtadi.