AsosiySiyosat

Oʻzbekiston delegatsiyasini Tojikiston Prezidenti qabul qildi

Bugun, 11-mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtayi nazaridan muhim ekanini, shuningdek so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Bosh vazir, dastlab, Prezident Emomali Rahmonga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button