«O‘zgidromet» O‘zbekistonning ba’zi hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan aholini ogohlantirdi.
«O‘zgidromet» O‘zbekistonning ba’zi hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan aholini ogohlantirdi.
Xabarga koʻra, joriy yil 12-13 va 16-17-may kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Oʻzgidromet quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolarni ogohlantirmoqda:
– Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlari;
– Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlari;
– Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
– Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
– Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
– Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
– Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlari;
– Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlari;
– Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.