Iqtisodiyot

O’zbekistonning yangi aviakompaniyasi – Centrum Air

18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:07 va 19:18 da yangi milliy aviakompaniya — Centrum Air`ning ikkita samolyoti «Toshkent» xalqaro airoportiga kelib qo‘ndi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Vilnyusdan yetib kelgan samolyotlarni aviakompaniya rahbariyati, jurnalistlar va aviaspotterlar tantanali ravishda kutib oldi.

Ikkita Airbus A320−232 aviatashuvchining birinchi yo‘lovchi samolyoti bo‘ldi. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo‘lovchi borti — Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirmoqda.

TuraNews

Back to top button