Asosiy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi
Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari tonggacha vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan. Qolganlari turli tan jarohatlari olgan.

O‘zbekiston FVV bo‘linmalari xodimlari Turkiyaga yetib bordi. O‘zA xabariga ko‘ra, ular 8 fevral soat 08:00 holatiga ko‘ra, vayronalar ostidan turli tan jarohatlari olgan 9 kishini qutqarib oldi.
Chiqarib olinganlarning 5 nafari erkak va 4 nafari ayol. Bundan tashqari, 12 kishining jasadi olib chiqildi. Jarayon davomida 132 metr kvadrat maydonda 430 metr kub vayronalar tozalandi.