Iqtisodiyot

O‘zbekistonga yanvar oyida qancha elektromobil import qilingani ma’lum qilindi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2023-yilning dastlabki oyida 6 davlatdan qiymati 13 mln AQSH dollariga teng 389 dona elektromobil import qilingan.

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga oshgan.

O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 346 ta;

— Gonkong – 29 ta;

— Germaniya – 8 ta;

— BAA – 3 ta.

TuraNews

Back to top button