Hayot

O‘zbekistonga Rossiyadan yana sovuq antitsiklon kirib keladi

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 6 fevralda +7…+12 daraja iliq, 7 fevral kuni +10…+15 daraja iliq, ba’zi joylarda +18 daraja issiqqacha bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 8 fevral kuni O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi +2…+7 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda +17…+20 daraja iliqqacha bo‘ladi.

9-10 fevral kuni O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Havo harorati pasayadi. 9 fevral kuni respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi +4…+9 daraja iliq, 10 fevral kuni kechasi 0…+5 daraja sovuq, kunduzi –2…+3 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi –7…–12 daraja sovuqqacha, Ustyurtda –15 daraja sovuqqacha, kunduzi –2…–7 daraja sovuqqacha pasayadi.

7-9 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17–22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Source
Kun.uz

TuraNews

Back to top button