AsosiyIqtisodiyot

O’zbekistonda shakar tanqisligi kutilyaptimi?

Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda.

Xususan, joriy yil 15 aprel` holatiga mazkur zavodlarda 357 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo etkazib berish bo’yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan. Shundan, omborda 8 ming tonna tayyor shakar va 78 ming tonna xomashyo, iyun` oyiga qadar 271 ming tonna xomashyo etkazib beriladi.

Joriy yil 1 mayga qadar shakar ishlab chiqarish quvvatlarini o’tgan yilga nisbatan 25 foizga oshirish, natijada sutkasiga 2,5 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bunda, yillik shakar ishlab chiqarish 600 ming tonnadan 1 million tonnagacha oshishi kutilmoqda.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button