O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi
O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarini majoritar-proporsional (aralash) shaklga asoslangan saylash tizimi joriy etiladi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Farmonda qayd etilishicha, bu Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning taklifi bo‘lgan. Hujjatda Qonunchilik palatasiga bir oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
O‘zbekistonda avvalgi parlament saylovlari majoritar tizim bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda o‘z saylov okrugi bo‘yicha ko‘pchilikning ovozini olgan nomzodlar saylangan deb hisoblanardi.