O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga ko’ra, “Yagona cinema” studiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Epidemiya” nomli film tasvirga olishni rejalashtirmoqda. Ma’lum qilinishicha u drama janrida yaratiladi.
Mazkur film real voqeylikka asoslangan bo‘lib, syujetlarida insonning qadr-qimmati, uning o‘z burchiga sadoqati va mas’uliyati xususida hikoya qilinadi. Xususan, koronavirusning odam hayotiga salbiy ta’siri, insoniyat boshidan kechirgan pandemiya davrida fidoiylik ko‘rsatgan shifokorlarning qaxramonliklari bilan bog‘liq dolzarb g‘oyalar orqali talqin qilinadi.
“Epidemiya” filmi davomida syujetlar shifokorlarning katta yo‘qotishlari, o‘z kasbi va burchini hamma narsadan ustun qo‘yishi singari tasviriy ifodalar orqali ochib beriladi.
Ma’lumot uchun, film g‘oya muallifi Abror Nabiyev (BDKI talabasi), postanovkachi rejissyori Abu Tolib Adamqulov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, postanovkachi rassom Xusayinboy Eshniyozov, badiiy rahbar Akrom Shaxnazarov.
Kinofilmda rollarni aktyorlar Matyoqub Matchonov, Saidkomil Umarov, Sardor To‘rayev, Feruza Yusupova, Adiz Rajabov, Tamara Mirmaqsudova hamda Abror Yo‘ldoshevlar ijro etishgan. Filmni tasvirga olish ishlari joriy yilnnig fevral oyi o‘rtalarida boshlanishi kutilmoqda.