Asosiy

O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 250 dan ortiq zilzila qayd etilgan

O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda shu yilning yanvar oyidan bugungi kungacha magnitudasi M= 2.8-6.8 ball bo‘lgan 250 dan ortiq zilzila qayd etilgan. Bu haqda AOKAda Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilindi.

Aytilishicha, so‘ngi 10 yilda respublikada olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan. Iqtisodiy zarar 84 mlrd so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekiston geologik joylashuviga ko‘ra, O‘rtayer dengizi – Osiyo seysmik kamarida joylashgan. 1900 yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan) zilzilalar sodir bo‘lgan.

So‘ngi 10 yilda yuz bergan 6-8 balli oltita zilzilada jami 16 kishi qurbon bo‘lgan, 54 kishi jabrlangan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng kuchli zilzilalar ro‘yxati:

Kon zilzilasi – 2011 yil (8 ball);

️Tuyabo‘g‘iz zilzilasi – 2013 yil (7 ball);

️Marjonbuloq zilzilasi – 2013 yil (8 ball);

️Kitob va Baxmal zilzilalari – 2016-2017 yillar (7 ball);

️Boysun zilzilasi – 2022 yil (6 ball).

Source
Kabar

TuraNews

Back to top button