O‘zbekiston va TIKA o‘rtasida hamkorlikni jadallashtirish rejasi muhokama qilindi
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida TIKA tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda hamkorlikni kengaytirishning yangi istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiya bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, Agentlik bilan hamkorlikni faollashtirish, jumladan, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yana-da taraqqiy ettirishga qaratilgan loyihalarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar turli yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni yana-da mustahkamlashga tayyor ekani bildirdi.