AsosiyIqtisodiyotSiyosat

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kuz-qish mavsumida o‘zaro elektr yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 25−26-avgust kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika va suv xo‘jaligi sohalari vakillarining uchrashuvida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir davomida kelgusi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi yetkazib berish masalalari muhokama qilingan, qator o‘zaro kelishuvlarga erishilgan, yetkazib berish hajmlari va muddatlari belgilangan.

Shuningdek, rahbarlar elektr energiyasining soatlik hisobini yuritish mexanizmini joriy etish imkoniyatlarini ishlab chiqish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida rejadan tashqari oqimlarni hisob-kitob qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish, rejadan tashqari oqimlarni hisob-kitob qilish bo‘yicha shartnomalarning amaldagi shartlarini qayta ko‘rib chiqishga kelishib olgan.

Vazirlikning xabar berishicha, uchrashuvda transchegaraviy gidroenergetika loyihalarini amalga oshirish, xususan, Qambarota-1 GES loyihasi va suv-energetika resurslari sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilingan.

Keyingi uchrashuv 2023-yilning noyabrida Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button