Asosiy

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota-1 GESini qurish bo’yicha kelishib oldi

Kecha, 6-yanvar kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

«Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Mazkur GES nafaqat Qirg‘iz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv  ta’minotida muhim o‘rin tutadi.

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.» — deyiladi xabarda.

TuraNews

Back to top button