Siyosat

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy elchisi Yuy Szyun, Malayziya elchisi Ilhom Tua Bin Ilyos, Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov va Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islomdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

O‘zbekiston prezidenti  Mirziyoyev xorijiy diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini O‘zbekistondagi faoliyati rasman boshlangani bilan samimiy qutladi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev elchilarga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirish uchun faolroq ishlash va hududlarga ko‘proq borishga chaqirdi.

TuraNews

Back to top button