«Sammitimiz, shubhasiz, tarixiy voqeadir. Bu pandemiya sinovlaridan so‘ng uzoq kutilgan do‘stlarning yuzma-yuz uchrashuvidir», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bugun, 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokidagi sammit o’z ishini boshladi.
Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirish nutqini so‘zladi.
«Sammitimiz, shubhasiz, tarixiy voqeadir. Bu pandemiya sinovlaridan so‘ng uzoq kutilgan do‘stlarning yuzma-yuz uchrashuvidir. Bu shaxsiy muloqot, ShHT mamlakatlarning kelajagini belgilab beruvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish imkoniyatidir,” – dedi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev.
“Ushbu tadbir O‘zbekiston raisligida tarixiy Samarqandda o‘tayotgani biz uchun katta faxrdir. Umid qilamanki, kecha Samarqand ruhi va xalqimizning ko‘p yillik tarixiy madaniyati bilan tanishdingiz”, – deya Shavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyevga ko‘ra, bugungi tadbir doirasida ShHT davlatlari yetakchilari 40 dan ortiq xalqaro kelishuvlarni imzolashi ko‘zda tutilgan.
Tadbirning qolgan qismi tor doirada davom etmoqda.
ShHTga kuzatuvchi hamda mehmon sifatida taklif qilingan Belarus, Eron, Mongoliya, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yetakchilari majlisga tadbirning kengaytirilgan qismida qo‘shiladi.