
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma hamda Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonunlarni imzoladi.