AsosiyIqtisodiyotSiyosat

O‘zbekiston Prezidenti AQSHga keldi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Bugun Mirziyoyev Nyu-York shahriga keldi.

Aeroportda oliy O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSH-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 19 sentyabr kuni Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon qiladi.

Source
Uza.uz

TuraNews

Back to top button