Asosiy

O’zbekiston maxsus ikkinchi borti Turkiyaga keldi

O'zbekiston maxsus ikkinchi borti Turkiyaning Gaziyantep shahriga yetib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan mamlakatning maxsus borti halokatli yer silkinishi natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish maqsadida Turkiyaning Gaziantep shahriga yetib keldi. Bu haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv – qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.

Qayd etilishicha, jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʻqqizta alohida boʻlinmadan iborat koʻchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu dala shifoxonasi O‘zbekistondan olib kelingan barcha zarur tibbiy asbob – uskunalar va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston bundan oldinT urkiyaga 100 kishilik qidiruv – qutqaruv guruhi yuborgandi.

Source
TRT Net

TuraNews

Back to top button