DunyoTurizm

O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng mehmondo`st davlat deb topildi

O`zbekiston mehmondo`st davlatlar reytingida 25-o`rinni egalladi, Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi. Welcoming Countries Rank-2023 tegishli reytingi e`lon qilindi.

Reytingni tuzishda qancha fuqarolarning mamlakatga vizasiz kirishi yoki uni kelganida olishi mumkinligi hisobga olingan. Shu tariqa O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng mehmondo`st davlat deb topildi. Respublikaga 139 davlat fuqarolari vizasiz rejimda tashrif buyurishi mumkin.

Reytingda bir o`ringa bir nechta davlatlar ham to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari reytingda quyidagi o`rinlarni egallagan:

  • Tojikiston 49-o`rin
  • Qirg`iziston 53-o`rin
  • Qozog`iston 54-o`rin
  • Turkmaniston va Afg`oniston 82-o`rin
Source
Darachki.uz

TuraNews

Back to top button