Asosiy

O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi

2022 yil 9 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yil 9 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi. Shundan erkaklar 18,1 mln kishi, ayollar 17,9 mln kishiga yetgan.

Qayd qilish joizki, O‘zbekiston aholisining 35 milliondan 36 millionga yetishi uchun 1 yildan sal ko‘proq vaqt ketdi. 2021 yil sentabr oyida O‘zbekiston aholisi 35 millionga yetgan edi.

O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 41-o‘rinda qayd etilgan.

Source
Kun.uz

TuraNews

Back to top button