AsosiySalomatlik

O‘zbek shifokorlari siam egizaklarini noyob operatsiya orqali bir-biridan ajratdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tarixida ilk bor o‘zbek shifokorlari tomonidan siam egizaklari o‘ta noyob operatsiya natijasida ajratib olingani haqida xabar berdi.

«Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda murakkab amaliyotlar o‘tkazish borasida noyob muassasadir.

Buni qo‘shni davlatlardan kelayotgan bemorlar oqimidan ham bilish mumkin.

O‘zbekistonlik yaqinlaridan ushbu shifoxona haqida eshitgan qirg‘izistonlik egizaklarning ota-onasi bu yerga o‘tgan yil iyun oyida murojaat qilgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 31 mayda dunyoga kelgan chaqaloqlar siam egizaklari bo‘lib, ulardagi bu noodatiy holat homila 28 haftaligida aniqlangan va bo‘lajak ona O‘sh shahridan Bishkek shahriga yuborilgan. 29-haftada tug‘uruq jarayoni «kesarcha» usulida amalga oshirilgan. Dunyoga kelganida umumiy vazni 1 600 gramm bo‘lgan chaqaloqlarga Fotima va Zuhra deb ism qo‘yishgan.

Source
Kun.uz

TuraNews

Back to top button