Livan poytaxti Bayrutdagi Ozarbayjon elchixonasi binosiga qarshi arman millatiga mansub bir guruh bo‘yoq va portlovchi shishalar orqali hujum qildi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha Livanda miting uyushtirgan 50 ga yaqin arman millatiga mansub shaxs, Bayrutdagi elchixona maʼmuriy binosi atrofidagi panjaralarni sindirib, elchixona maʼmuriy binosiga boʻyoq va portlovchi moddalar solingan shishalarni uloqtirgan.
Hujum natijasida elchixona xodimlaridan hech kim jabrlanmagani bildirilgan bayonotda, quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:
“Diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlashdan mas’ul tashkilotga xabar berilgach, huquq – tartibot idorasi xodimlari, voqea joyiga yetib kelgan ammo bu orada provokatorlar hududdan uzoqlashishga ulgurgan.
Elchixonaga uyushtirilgan ushbu hujumga aloqador aybdorlarni aniqlash va hibsga olish uchun Livan Tashqi ishlar vazirligiga nota topshirildi va tegishli chora – tadbirlar ko‘rila boshladi”.
Bayonotda, Bayrut elchixonasida xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani va hujum bilan bog‘liq tergovning davom etgani qayd etildi.