Ozarbayjon-Armaniston to‘qnashuvida 50 nafar Ozarbayjon askari shahid bo‘ldi
Armaniston armiyasi Ozarbayjon chegarasining Dashkesen, Kalbajar, Lochin va Zangilon yoʻnalishlarida keng koʻlamli provokatsiya uyushtirdi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonning chegaradagi provokatsiyalari natijasida 50 nafar askarning shahid bo‘lganini ma’lum qildi.
Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra 12-sentabridan 13-sentabrga o‘tar kechasi, Armaniston armiyasi Ozarbayjon chegarasining Dashkesen, Kalbajar, Lochin va Zangilon yoʻnalishlarida keng koʻlamli provokatsiya uyushtirgan.
Oqibatida Ozarbayjon armiyasidan 42 nafar, Davlat chegara xizmati harbiylaridan 8 nafar jami 50 nafar Ozarbayjon askari shahid bo‘lgan.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Twitter sahifasi orqali Ozarbayjon xalqiga, shahidlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Aliyev unda: “Shahidlarning qoni yerda qolmadi”, – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bundan avvalgi bayonotida:
“(Kecha mahalliy vaqt bilan soat) 9:00 dan e’tiboran o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Armaniston, chegara bo‘ylab to‘p va boshqa og‘ir qurollar orqali nomi tilga olingan kelishuvni paymol qildi”.-degandi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan so‘nggi bayonotda esa, Kalbajar va Lochindagi Ozarbayjon armiyasiga oid mavzelarning Armaniston armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgani bildirildi.
Vazirlikning bayonotida:
“O‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, kecha kechqurun va bugun ertalab Kalbajar va Lochindagi qo‘shinlarimiz arman armiyasi tomonidan og‘ir qurollar orqali o‘qqa tutildi. Bu yerdagi askarlarimiz ham javob qaytardi”.-deyildi.
Bayonotda, Ozarbayjon mavzelarining vaqti-vaqti bilan oʻqqa tutilgani va ozarbayjonlik askarlarning ham unga kerakli javobni bergani qayd etildi.