Hayot

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida shiddatli to‘qnashuv qayd etildi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston armiyasining kecha kechqurun chegaradagi Dashkesen, Kalbajar va Lochin yo‘nalishlarida keng ko‘lamli provokatsiyalar uyushtirganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi ikki davlat harbiy bo‘linmalari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar boshladi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston armiyasining kecha kechqurun chegaradagi Dashkesen, Kalbajar va Lochin yo‘nalishlarida keng ko‘lamli provokatsiyalar uyushtirganini ma’lum qildi.

Bayonotda, Armaniston Qurolli kuchlariga qarashli sabotaj guruhlari tomonidan turli yo‘nalishlarda Ozarbayjon qo‘shini pozitsiyalari orasidagi yer va yo‘llarga mina joylashtirilgani ma’lum qilindi. Buning oldini olish maqsadida Ozarbayjon qo‘shinlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida to‘qnashuv kelib chiqqan.

Qayd etilishicha Armaniston armiyasining Basargecher, Istisu, Karakilise va Gorus viloyatlaridagi mavzelardan Ozarbayjon armiyasining Dashkesen, Kalbajar va Lochin viloyatlaridagi ba’zi pozitsiyalari va boshpanalari minomyotlar bilan birga turli kalibrli qurollar bilan o‘qqa tutilgan. Hujum natijasida harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar qayd etilar ekan, harbiy infratuzilmaga ham ziyon yetgan.

Ozarbayjon armiyasi ham Armaniston Qurolli kuchlarining o‘t ochish nuqtalarini o‘chirish va mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralar ko‘rgan. Janglarda ishtirok etgan Armaniston Qurolli kuchlari tarkibi va harbiy-texnik uskunalarda yo‘qotishlar qayd etilgan.

Bayonotda toʻqnashuvlar va yoʻqotishlar uchun butunlay Yerevan yetakchiligi javobgar ekani taʼkidlandi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi shuningdek, Armaniston provokatsiyalariga javob tariqasida amalga oshirilgan va koʻrilgan chora-tadbirlar harbiy nishonlarga qaratilgani, Ozarbayjon armiyasining Armaniston hududiga aralashuvi haqidagi xabarlarning esa noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

TuraNews

Back to top button