OTB O’zbekistonga 150 million dollarlik kreditni ma’qulladi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda ipoteka va “yashil” moliyalashtirish uchun 150 million dollarlik kredit ajratadi.
OTB’ning Ipoteka bozori sektorini rivojlantirish dasturi doirasidagi kredit O‘zbekiston Ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasini (O‘zMRM) uy-joy ipotekalari, uy-joylarni obodonlashtirish kreditlari va “yashil” moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, деб хабар беради DaryoUz.
O‘zbekistonda qarz oluvchilar yashil renovatsiya kreditlaridan isitish va sovutish tizimlarini yangilash yoki o‘rnatish, quyosh panellarini o‘rnatish, suv izolyatsiyasini yaxshilash — energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanishi mumkin.
Xavfsiz va farovon uy — bu insonning asosiy huquqi va biz O‘zbekistonda hamyonbop ipoteka kreditlari mavjudligini oshirishga yordam berganimizdan mamnunmiz. Ushbu dastur uy egalariga energiya samaradorligini oshirish va iqlim ta’sirini yumshatishga yordam beradi, — deydi OTB’ning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
OTB dasturiga ko‘ra, kreditlarning kamida 32,5 foizi ayollarga berilishi kerak. Kredit O‘zbekistonda bozorga asoslangan ipoteka moliyasini faollashtirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini rag‘batlantiradi.
Bundan tashqari mablag‘lar uy-joy ipoteka mahsulotlari, shu jumladan yashil moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va bank sektoriga mahsulot innovatsiyalarini olib keladi.
OTB ko‘magi ishtirokchi moliya institutlarini muhim uzoq muddatli moliyalashtirish orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab uy-joy qurilishi moliyasiga kirishni kengaytirishda davom etadi, — deydi OTBning moliya sektori bo‘yicha bosh mutaxassisi Sayed Ali-Mumtoz Shoh.
O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan. O‘shandan beri bank mamlakatga 10 milliard dollardan ortiq kreditlar, grantlar va texnik yordam ajratgan.
Avvalroq OTB O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun 500 mln dollar ajratishi haqida xabar berilgan.