DunyoSalomatlik

Ostona shahridagi mashhur kafedagi iftorlik er-xotinga “qimmatga tushdi”

32 yoshli poytaxtlik fuqaroning aytishicha, u turmush oʻrtogʻi bilan reytingi baland umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kirgan.

Erkakning soʻzlariga koʻra, ular internetdagi koʻplab maqtovli izohlar asosida iftorlik qilish uchun aynan shu kafeni tanlashgan.

10-15 daqiqada kabob olib kelingan. Homilador ayol kabobni tonovul qilayotgan chogʻida birdaniga toʻxtab, rangi oqarib, eriga: “Goʻshtda nimadir qimirlayapti!”, degan. Erkak goʻsht boʻlagini sinchiklab koʻzdan kechira boshlagan va ichidan tirik chuvalchangni koʻrib qolgan. U darhol ofitsiantni, u esa ish boshqaruvchini chaqirgan, keyin esa ularning oldiga kafening egasi kelgan.

“Xotinimning qattiq koʻngli aynidi, bosh ogʻrigʻidan shikoyat qildi, men tez yordam chaqirdim. Shifokorlar homiladorlikni murakkablashtiradigan holatni aniqlashdi. U hali ham oʻzini yaxshi his qilmayapti, ertalab yana qusdi. Men xotinim va tugʻilajak bolam uchun xavotirdaman, oʻzimni qoʻyarga joy topolmayapman. Biz sakkiz yildan beri farzand kutamiz!” dedi u.

Erkakning oʻzi ham tibbiy yordam soʻragan. Aytilishicha, feldsher unga oʻtkir gastroenterit tashxisini qoʻygan va mahalliy shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Hozirda er-xotin kafeni tekshirtirish uchun kerakli hujjatlarni toʻplashdi. Shuningdek, yosh oila sudda adolatga erishishga bel bogʻlagan, deb xabar beradi tengrinews.kz.

TuraNews

Back to top button